French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer munosabatlari bilan bog‘liq noqonuniy holat aniqlandi
07:49 / 2026-01-24

Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan shaxs mahalliy tadbirkorga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni olishida o‘zining mansabdor tanishlari orqali yordam berishini aytadi.

Xususan, 2020 yilda boshqa bir fuqaroga kam ta’minlangan va ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida issiqxona tashkil etishi uchun ajratib berilgan 29 gektar yer maydonidan 5 gektar qismini toifasini o‘zgartirib, uy-joy qurish uchun olib berish evaziga 400 ming AQSH dollari talab qiladi. 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan – Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh mutaxassisi ushbu 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.