Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer maydonlarini UZKAD dasturi orqali hisobga olish belgilangan
18:30 / 2023-08-11

Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi tomonidan davlatimiz rahbarining 2022 yil 24 avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD tizimi) ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri hamda ko‘chmas mulk ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar yuritiladigan, ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilandi.  

[gallery-13087]

– Yer fondi toifalari va yer turlari bo‘yicha 44,8 mln. gektar yer maydonlarini UZKAD  dasturi orqali hisobga olish belgilangan, – deydi Kadastr agentligi boshqarma boshlig‘i Behzod Nishonov. – Joriy yilning 1 iyulida hisobga olish holatiga ko‘ra, 42,9 mln. gektar ya’ni 96 foiz yer maydonlari yer fondi toifalari bo‘yicha hisobga olindi.    

Anjumanda qayd etilishicha, 42,9 mln. gektar yerlarning “UZKAD” tizimida elektron xaritasi yaratilgan. Bundan tashqari, huquqiy hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 2,2 mln. gektar yer uchastkalaridan haqiqatda foydalanib turgan 3,7 millionta sub’ekt “foydalanuvchi” sifatida hisobga olindi. Shundan, qishloq xo‘jaligi 1,5 mln. gektar, o‘rmon fondi 70 ming gektar va suv fondi yerlari 12 ming gektarni tashkil etadi.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA