Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
11:55 / 2022-05-10

Yer sotish bilan bog‘liq yana bir nechta noqonuniy holat fosh etildi.

Fuqaro G‘.E. Karmana tumani “Talqoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan fuqaro B.M.ga maishiy xizmat ko‘rsatish binosini qurish uchun ajratilgan (tasarruf etish huquqisiz) 4 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro X.ga sotmoqchi bo‘lgan.  

U ushbu yer maydonini kelgusida uy-joy qurish uchun tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni ham va’da qilgan.   

Buning uchun oldindan kelishilgan 180 million so‘mni olgan vaqtda esa G‘.E. Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Q.R. va A.N. Xatirchi tumanidagi “B.K.” fermer xo‘jaligiga qarashli 35 sotix va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 55 sotix yer maydonini internet saytlari orqali sotmoqchi bo‘lishgan.  

Jami 90 sotix  yer maydonini fuqaro A.ga sotishga kelishib, oldindan 130 million so‘mni olgan vaqtida esa ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Shu kabi Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.D. fuqaro M.A.ga “Tepasaroy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 10 sotix hamda A.D.ning o‘ziga ajratilgan 11 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro Q.ga 23,1 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

O‘zA