Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘yilmaydi
16:53 / 2022-02-17

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan kadastr sohasiga oid qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yerlarning hisobini yuritish, mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, tizimda faoliyat olib borayotgan yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida yer munosabatlari buzilganligi uchun tegishli tartibda 518 ta holat bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ana shunday holatni sodir etuvchilarga 557 million 10 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan. Ayni kunga qadar qo‘llanilgan jarimalarning 262 million 497 ming so‘mi undirilib, qolgan 186 million 786 ming so‘m qismini undirish choralari ko‘rilmoqda. 

Boshqarma va uning tizimlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida 1 milliard 400 million so‘mlik ish bajarilgan. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chmas mulklarning 2 ming 996 tasi jismoniy shaxslarga, 119 tasini esa huquqiy shaxslarga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yo‘nalishlar bo‘yicha yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, shu yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan xatlov jarayonida 42 ta holatda 1 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolar o‘rtasida belgilangan tartiblar asosida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. Natijada yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishga oid 33 ta holat bartaraf etildi. 


F. UBAYDULLAEV, O‘zA