Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer maydonlarini noqonuniy egallab olishda G‘ijduvon tumani “peshqadam”
17:45 / 2022-12-23

Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi va uning tasarrufidagi tuman, shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan 2022 yilning 11 oyi davomida viloyatda 864 ta holatda 1355,1 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.

Eng ko‘p qonun buzarliklar G‘ijduvon tumani (114), Olot tumani (95) va Buxoro tumanida (88) qayd etilgan. Noqonuniy egallab olingan yerlar hajmi bo‘yicha Buxoro tumani (54 gektar), Qorovulbozor tumani (24 gektar) va Olot tumani (13,75 gektar) “peshqadam” lik qilmoqda.  

Shuningdek, Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 306 ta holatda yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, 1722 ta holatda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, 15 ta holatda sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha choralarni ko‘rmaslik holati aniqlangan. Yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holatlar bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 215 ta holatda qonun buzarlik ixtiyoriy bartaraf etilgan. 697 ta holat bo‘yicha sudlarga da’vo arizasi kiritilgan.  

Zarif Komilov, O‘zA