French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar konturma-kontur shakllantirildi
11:38 / 2024-09-12

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratovning ma’lum qilishicha, respublika bo‘yicha 3 694 ta konturda eksportbop sabzavot ekinlari ekish imkoni mavjud bo‘lgan 15 626,8 gektar yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar konturma-kontur shakllantirildi.

Qayd etilishicha, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan 2,5 mln. gektar yer maydonlaridan 2,2 mln. gektarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlandi. Jumladan, 645 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlaridan 1 515 ming gektari, suv fondining 509 ming gektar yerlaridan 497 ming gektari, o‘rmon fondining 102 ming gektar yerlaridan 97 ming gektari, tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan 61 ming gektar yer maydonlari to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shuningdek, vazirlik va davlat idoralariga tegishli bo‘lgan 8,5 ming gektar yer maydoniga ega 6 649 ta ko‘chmas mulk ob’ektlaridan 6,9 ming gektar yer maydoniga ega 5 334 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

Hozirda tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar bilan birgalikda 312 ming gektar yer maydonlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Zamonaviy samolyot hamda raqamli aerofotokamera yordamida 2023 yilda Toshkent viloyati va Toshkent shahri hamda vodiy viloyatlari (Andijon, Namangan va Farg‘ona) hududida aerosuratga olish ishlari to‘liq yakunlandi. Bundan tashqari, 2024 yilning o‘tgan 8 oyi davomida Buxoro, Jizzax, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 49,7 ming kv.km maydonda aerosuratga olish ishlari amalga oshirildi. Hududlarning chegaralarini belgilash bo‘yicha berilgan topshiriqqa asosan Kadastr agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta viloyatning hamda 194 ta tuman (shahar) chegaralarining tavsifi va chizmalari tayyorlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklariga ko‘rib chiqish, kelishish va Xalq deputatlari Kengashlarida tasdiqlash uchun taqdim etildi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA