Yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. fuqaro S.M.ga firibgarlik yo‘li bilan yer maydonini sotishga kelishib, keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan holda 82 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, A.T. “Navbahor” MFYdagi 2 nafar fuqaro va 2 ta MCHJga tegishli jami 35 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonini ularning xabardorligisiz sotmoqchi bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA