Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer maydonini 9 mln AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganlarning noqonuniy harakati fosh etildi
11:42 / 2026-02-23

-

Toshkent shahrida yashovchi, 1953 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan ayol o‘zining 1982 y.t. tanishi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo‘lgan, lekin, hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini xaridorga 9 mln AQSH dollariga sotishga kelishib, mansabdor tanishlari orqali barcha hujjatlarni tayyorlab, turar joy toifasiga o‘tkazib berish evaziga oldindan 200 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.