Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi
13:06 / 2022-01-18

Buxoro viloyati Kogon shahrida fuqaroga savdo va maishiy xizmat uyi qurish uchun yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Natijada fuqaro R.M., fuqaro D.ning ishonchiga kirib, unga savdo va maishiy xizmat uyi qurish uchun elektron savdo maydonchasi orqali bo‘sh yer maydonini olib berishni va’da qilib, 250 million so‘mini olganligi aniqlangan.


Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA