Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer maydoni bo‘yicha qonun buzilish holatlari bartaraf etildi
17:25 / 2022-07-13

Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 1 038 ta holatda 1361,8 gektar yer maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Bu haqda Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jasur Usmonov xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tuman-shahar bo‘limlari tomonidan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga 1 038 ta yozma ko‘rsatmalar yuborilgan.

Viloyatda yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida yer qonun buzilish holatlarining 525 tasi shu joyning o‘zida bartaraf etildi. Shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik yuzasidan 1 116 ta holatda 10884,6 gektar yer maydonida qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Yuqoridagi qonun buzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida 1 657 nafar shaxsga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan jami 16 milliard 51 million 700 ming so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, shundan 1 milliard 95 million 800 ming so‘m undirilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to‘g‘risida 409 ta (119,2 gektar) da’vo arizalari kiritilib, shundan 105 tasi qanoatlantirilgan. 280 ta da’vo arizalari hozirgi kunda ko‘rib chiqish jarayonida.

Tumanlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p noqonuniy egallab olish holatlari Yakkabog‘ tumanida 139 ta holatda 16,2 gektar, Koson tumanida 101 ta holatda 1123,7 gektar, Qamashi tumanida 100 ta holatda 23,9 gektar va Qarshi tumanida 93 ta holatda 19,1 gektarni tashkil qiladi.

O‘lmas Barotov,O‘zA