French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer haydasang kuz hayda...
11:00 / 2025-11-04

Tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda kuzgi shudgor muhim ahamiyatga ega.

U tuproqdagi organik qoldiqlarni o‘simlik ildiz zonasidan chirib, zarur oziq-moddalarga aylantirishga imkon beradi. Qolaversa, begona o‘tlar urug‘i, yer yuzasida to‘plangan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni nobud qiladi. 

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Komiljon ota EOK” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminarda ayni shu xususda batafsil so‘z yuritildi. Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anvarjon Hakimov, To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimov, tegishli tashkilot va muassasalarning rahbarlari, fermerlar ishtirokidagi tadbirda ta’kidlanganidek, joriy yil kuzgi mavsumda To‘raqo‘rg‘on tumanida 5 ming 390 gektar, shundan 3019 gektar paxtadan bo‘shagan maydon shudgorlanadi. Buning uchun beshta otryad tuzilib, 15 ta texnika jalb etildi. 

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan agrotexnik tadbirni ikki haftada yakunlash va boshqa muhim yo‘l-yo‘riqlar tushuntirildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA