Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer – bizning umumiy uyimiz
08:53 / 2022-06-17

Maktabgacha ta’lim vazirligi YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi va Innovatsiyalar markazi bilan birgalikda «Yer – bizning umumiy uyimiz» nomli parsial dasturini taqdim etdi.

Ekologik ta’lim sifatini o‘zgartirmasdan turib ekologik muammolarni hal qilib bo‘lmaydi. Ilmiy tadqiqotlar bolaning eng jadal rivojlanishi maktabgacha yoshdan boshlanishini isbotladi, rivojlanishning ushbu bosqichida ekologik ta’lim va tarbiyani o‘z ichiga olgan umumiy madaniyat uchun mustahkam poydevor yaratish juda muhimdir.   

«Yer – bizning umumiy uyimiz» parsial dasturi ilg‘or xalqaro tajribalarni, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim va tarbiya berish sohasidagi tadqiqotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Dasturning asosiy jihatlari uning o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligi va individual rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir bolaning ta’lim ehtiyojlariga qaratilganligidir.   

Vazirlik matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Dastur uchta blokdan iborat: jonsiz va jonli tabiat; insonning tabiat bilan o‘zaro munosabati va ekologik xavfsizlik. Dastur o‘qituvchilar va ota-onalarning e’tiborini bolalarda tirik mavjudotlarga nisbatan insonparvarlik, atrof-muhitga g‘amxo‘r munosabatni rivojlantirishga yo‘naltiradi.  
 
 

Mohigul Qosimova,   
O‘zA