Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer bilan tillashgan 78 yoshli Faxriddin ota
11:13 / 2024-09-25

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyati Shofirkon tumanining Xoja Orif mahallasida yerga mehri va mehnatini baxshida qilgan, tuproq bilan tillashib, uning har bir qarichidan unumli foydalanayotgan insonlar bisyor. Ana shunday omilkor tomorqachilardan biri 78 yoshli Faxriddin ota Isomovdir. 

Faxriddin ota o‘z tomorqasida ko‘chatchilik bilan shug‘ullanib, daraxt va gul nihollarini yetishtiradi. Shu bilan birga, “Bog‘ibihisht” fermer xo‘jaligidan 1 gektar yerni 50 yillik ijara shartnomasi asosida olib, uning har bir qarichidan unumli foydalanib kelmoqda. Otaxon farzandlari va oila a’zolari ko‘magida kartoshka, pomidor, bulg‘or qalampiri, piyoz kabi sabzavotlarni parvarishlab, nafaqat xonadoni, balki, qishloqdoshlari dasturxoni uchun ham sabzavotlar yetkazib bermoqda. 

Tomorqada chaman bo‘lib ochilgan turfa gullar ko‘zni quvnatadi. Har bir gul shodasi dehqonning yerga qo‘shgan mehri nishonasidir. Ota o‘zi ta’riflaganidek, gullar – bu uning hayotidagi shodlik va ilhom manbaidir. Gullar bilan zamin o‘zgacha go‘zal va fayzli.

[gallery-19429]

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA