Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer bilan bog‘liq qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yganlar javobgarlikka tortiladi
17:12 / 2023-03-23

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, viloyatda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari uchrab turibdi.  

– Joylarda har qancha targ‘ibot tadbirlari olib bormaylik, bu borada fuqarolar tomonidan qonun talablarini chetlab o‘tish holatlari hamon kuzatilmoqda, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sobir Shaymardanov. – O‘tgan yil davomida 938 holatda 318,27 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi. – Natijada 596 yoki 63,5 foiz noqonuniy holat bartaraf etilib, yer maydonlari asl holiga qaytarildi. 411 holatda sud organlariga davo arizalari kiritildi. 87 yoki 21,1 foiz holatda aniqlangan yer bilan bog‘liq qonun buzilish holatlarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lganligi sababli prokuratura organlariga taqdim etildi. O‘tgan yil davomida 2 ming 423 nafar huquqbuzarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.  

Ta’kidlanganidek, yer bilan bog‘liq qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq holatlar haqida xabar berganlar rag‘batlantirilishi belgilangan.  

Anjumanda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA