Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yer aholisi bir yilda 78,5 millionga ko‘paydi
11:35 / 2017-12-29

AQSH ro‘yxatga olish byurosi mutaxassislari o‘z hisob-kitoblariga asoslanib buni ma’lum qildi.

AQSH ro‘yxatga olish byurosi mutaxassislari o‘z hisob-kitoblariga asoslanib buni ma’lum qildi.

Yangi yilning ilk lahzasida 7 444 443 881-inson dunyoga keladi. Bu ko‘rsatkichni 2017 yilning 1 yanvar holati bilan taqqoslaganda, aholi 78,5 milliontaga ko‘payganini bilib olish mumkin. Aholi o‘sish darajasi yakunlanayotgan yilda 1,7 foizni tashkil qilmoqda.

2018-yilning yanvar oyida har lahzada 4 chaqaloq tug‘ilishi kutilmoqda deb, «Rossiya-24» telekanali xabar bermoqda.

AQSH ro‘yxatga olish byurosi oldingi ma’lumotida 2050 yilga borib yer yuzi aholisi 9 milliardga yetishini bildirgan edi.

Ma’lumot uchun: XI asrda Yer yuzida 310 million nafar atrofida inson yashagan bo‘lsa, 1900-yilda bu ko‘rsatgich 1,6 milliardni tashkil qilgan. Oradan salkam bir asr o‘tib, jami aholi soni 6 milliardga yetdi. 7 milliardlik ko‘rsatkichga 2011-yilda erishildi.