Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeOIIda kuzatuvchilik maqomi O‘zbekistonga qanday manfaat keltiradi?
18:00 / 2020-12-14

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Kozim Tojiyev O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi-davlat maqomini olgani qanday manfaat keltirishi borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Kozim Tojiyevning aytishicha, O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik qilishida faqat iqtisodiy manfaatlar ko‘zlanganini aytmoqda.

“Mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat maqomida hamkorlik qilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan edi. Bunda albatta, bir qator muhim omillar e’tiborga olingan.

Jumladan, ushbu tuzilma bilan hamkorlik qilishda faqat iqtisodiy manfaatlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu davlatimizning xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va munosabatlarini yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Bu eng avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, iqtisodiy integratsiyaning kengayishi, xalqaro bozorda muloqot va raqobatga tayyor bo‘lish darajasini oshiradi.

Kuzatuvchilik maqomi YeOIIning ishlash mexanizmlari va iqtisodiy afzalliklari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablar, ittifoq hududida amalda bo‘lgan fitosanitariya va boshqa standartlarni yaxshiroq o‘rganishga zamin yaratadi.

Bundan tashqari, kuzatuvchilik maqomi bilan biznes vakillari YeOII tadbirlarida yanada faol ishtirok etish, shu jumladan, davlat rahbarlari, ekspertlarning makroiqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatlashuvlarida qatnashish huquqini oshiradi.

Umuman olganda, YeOII bilan kuzatuvchi maqomida hamkorlik qilish integratsiya jarayonlari, yutuqlar, muammolar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida qimmatli xulosalar chiqarishga imkon yaratadi”, deydi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Kozim Tojiyev.