Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yengil atletikachilarimiz tarixiy natija qayd etdi
12:15 / 2025-04-19

Saudiya Arabistonining Dammam shahrida yengil atletika bo‘yicha U18 yosh toifasida o‘tkazilgan qit’a chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi xabariga ko‘ra, chempionatning so‘nggi kunida o‘tkazilgan bahslarda Jahongir Jo‘raboyev oltin, Timur Nasimov kumush, Ruslan Sa’dullayev va Asilbek To‘xtamurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA