Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etadi
12:52 / 2019-04-17

21-24 aprel kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.


21-24 aprel kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. 23-marotaba tashkil etilayotgan qit’a birinchiligida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Shuningdek, chempionat doirasida Osiyo yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Nizomjon To‘xtaboev, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi prezidenti Andrey Abduvaliev va federatsiya bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhamedov ham ishtirok etadi.

Terma jamoamiz a’zolari 6 apreldan Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotida ushbu chempionat hamda 2020 yil Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Musobaqa tashkilotchilarining xabar berishicha, Dohadagi “Xalifa” stadionida bo‘lib o‘tadigan chempionatda Osiyoning 44 davlatidan kelgan eng kuchli sportchilar 186 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boradi.

Osiyo chempionatida mamlakatimiz sharafini Nadiya Dusanova, Svetlana Radzivil, Nigina Sharipova, Roksana Xudoyorova, Yekaterina Voronina, Aleksandra Yurkevskaya, Sanobar Erkinova, Ivan Markelov, Alina Yablokova, Marat Haydarov, Suhrob Xodjaev, Ivan Denisov, Sergey Dementev va Nikita Loginovlar himoya qiladi.