Poytaxtimizdagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida 2002-2003 yillarda tug‘ilganlar o‘rtasida O‘rta Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 150 nafardan ortiq atletlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Chempionatning turli masofalarga yugurish bahslarida atletlarimizdan Yekaterina Cherganseva, Dilbar Abdulxamidova, Shohsanam Xurramova, Sabohat Samijonova, Arofat Imomaliyeva, Azizbek Nasimova va Yusufjon Abdullayeva marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.
To‘siqlar osha 3000 metrga yugurishda Umida Toshmirzayeva hamda Sardor Isoqov kabi sportchilarimiz oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Uzunlikka va balandlikka sakrashda Sayina Hoshimova ikki marotaba shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Langar cho‘pda sakrashda esa Matluba Saidahmedova va Nikita Pak O‘rta Osiyo chempioniga aylandi.
Nayza, yadro va Bosqon uloqtirishda Mahliyo Tojaliyeva, Anora Isoqjonova, Zarina Nosirjonova hamda Nodirbek Bekatov eng baland marrani zabt etdi. Shuningdek, musobaqaning yettikurash bahsida Mohigul Arziyeva, o‘nkurashda Abdurazzoq Ergashev barcha raqiblarini yengdi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA