Yengil atletikachilarimiz 9 ta medalni qo‘lga qiritdi
Qozog‘istonda yengil atletika bo‘yicha XXXIV Gusman Qosanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir vakillarimiz uchun omadli boshlandi. Olmaotadagi Olimpiya tayyorlash markazida o‘tayotgan turnirda 17 davlatdan 214 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Musobaqaning 400 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish bahslarida Hasanbek Rustamjonov, 1500 masofaga yugurishda Nasima Mamirova, yadro uloqtirish bahslarida Malika Nasriddinova kabi atletlarimiz oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
Uzunlikka va balandlikka sakrashda Sharifa Davronova va Barnoxon Sayfullayeva kumush medal sohibi bo‘ldi. Shuningdek, balandlikka sakrashda Valeriya Gorbatova, 400 metr masofaga yugurishda Mohinabonu Ruziyeva, 1500 masofaga yugurishda Dilshoda Usmonova, disk uloqtirishda Yulianna Shukina bronza medallariga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA