Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yengil atletika: Sa’dullayeva "Brilliant liga"ning finalida qatnashadi
13:22 / 2024-09-06

Germaniyaning Syurix shahrida yengil atletikaning balandlikka sakrash dasturida o‘tgan "Brilliant liga" musobaqasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sa’dullayeva 1 metru 89 santimetr natija qayd etgan holda dunyoning yetakchi sportchilari orasida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 4-o‘rinni egalladi.

"Brilliant liga"ning Syurix bosqichida ukrainalik Olimpiada chempioni Yaroslava Maguchix 1.96 metr ko‘rsatkich bilan g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, avstraliyalik Nikola Olislagers 1.93 metr bilan 2-o‘rinni egalladi. Xuddi shu balandlikni zabt etgan yana bir ukrainalik sportchi Irina Gerashchenko 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.    

Endi Safina Sa’dullayeva "Brilliant liga"ning 13-14 sentyabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida o‘tadigan final bosqichida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA