Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yengil atletika: Qozog‘iston turnirida hamyurtlarimiz 4 ta medalga sazovor bo‘ldi
12:37 / 2026-02-16

Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida yengil atletika bo‘yicha yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Olga Ripakova sovrini uchun xalqaro turnir o‘tkazildi.

Mukofot jamg‘armasi 36 ming AQSH dollaridan iborat turnirda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya, Qirg‘iziston kabi bir qator mamlakatlarning ming nafarga yaqin mahoratli yegil atletikachilari qatori O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.

Xalqaro yengil atletika federatsiyasi taqvimidan o‘rin olgan hamda sportchilarga reyting ochkolari taqdim etadigan turnirda mamlakatimiz vakillari 3 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yengil atletikaning 20 ta yo‘nalishini hamda 2 ta estafeta bahslarini qamrab olgan turnirda terma jamoamiz a’zolaridan Barno Sayfullayeva balandlikka sakrash dasturida, Jonbibi Hukmova 400 metrga, Sulton G‘ofurjonov 60 metrga yugurish musobaqalarida oltin medallarga ega chiqqan bo‘lsa, Ergash Normurodov 60 metrga to‘siqlar osha yugurish yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA