Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YENGIL ATLETIKA: Jahon chempionatida kimlar ishtirok etadi?
17:00 / 2019-09-05

Doxada oʻtadigan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Vatanimiz sharafini olti nafar sportchimiz himoya qilishadi.


Doxada oʻtadigan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Vatanimiz sharafini olti nafar sportchimiz himoya qilishadi.

27-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Qatar poytaxti Doxa shahrida yengil atletika boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, jahonning 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etadigan mazkur musobaqaga Oʻzbekiston terma jamoasi ham oʻzining asosiy tarkib sportchilari bilan tashrif buyuradi.

Musobaqani hamyurtlarimiz orasida balandlikka sakrash sektorida Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova saralash bosqichidan boshlab berishadi. Shuningdek, Ruslan Qurbonov uch hatlab sakrash, Sitora Hamidova va Andrey Petrov marafon, Yekaterina Voronina koʻp kurash yoʻnalishida bahs olib boradi.

Joriy yilning aprel oyida aynan mazkur jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan sport majmuada oʻtgan qitʼa birinchiligida bira toʻla uch nafar vakilimiz - Nadiya Dusanova, Yekaterina Voronina hamda Ruslan Qurbonov oltin medal bilan birga jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgan edi. Qolgan vakillarimiz esa turli xalqaro musobaqalarda mundial normativlarini bajarishga muvaffaq boʻldilar. Doxa mezbonlik qiladigan ushbu dunyo birinchiligida ham hamyurtlarimizning kamida Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi normativlarni bajarib qaytishlariga ishonchimiz komil.