Yengil atletika: Farida va Svetlana qit’a chempionati shohsupasida
Ayollar o‘rtasida 400 metrga yugurish bo‘yicha kechgan shiddatli bahslarda Farida Soliyeva kumush, balandlikka sakrash yo‘nalishida Svetlana Radzivil bronza medali sohibiga aylandi.
Navoiy viloyatida kamolga yetgan 22 yoshli Farida Soliyeva final dasturida 52.95 soniya natija qayd etib, marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Ushbu natija bilan sportchimiz shaxsiy rekordini yangilashga erishdi. Oltin medal Shri-Lanka, kumush medal esa hindistonlik sportchi qizga nasib etdi.
1.75, 1.80 va 1.83 metr balandlikdagi to‘siqlardan birinchi urinishdayoq o‘ta olgan Svetlana 1.86 metr balandlikka kelganida omadsizlikka uchradi. Ushbu yo‘nalishda oltin va kumush medallarni qozog‘istonlik atletlar qo‘lga kiritdi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA