English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yengil atletika bo‘yicha Toshkent shahar chempionati bo‘lib o‘tdi
15:40 / 2017-01-23

Respublika olimpiya zaxiralari kollejida yengil atletika bo‘yicha Toshkent shahar chempionati o‘tkazildi.

Respublika olimpiya zaxiralari kollejida yengil atletika bo‘yicha Toshkent shahar chempionati o‘tkazildi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatning balandlikka sakrash bo‘yicha bahslarida Mixail Kovalev va Alina Yablokova birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uch hatlab sakrashda Islom Sibagatullin va Mashrabxon Yusupova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uzunlikka sakrash bo‘yicha kuch sinashgan yigit-qizlar o‘rtasida Abdusamat G‘afforov va Irina Levina shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Yadro uloqtirishda Rashid Sodiqov 14,94 metr, Regina Adashboyeva esa 13,59 metr natija ko‘rsatib musobaqa g‘olibiga aylandi.

Chempionatda 60, 200, 400 va 800 metr masofalarga yugurish bo‘yicha Ruslan Maqsudov, Aziz Eshboyev va Hayitali Po‘latov, Olga Smeyrek va Durdona Zohidovaga teng keladigan topilmadi. 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda Anvar Rashidov va Kamila Mirsoliyeva barcha raqiblarini ortda qoldirdi.