Yengil atletika: 6 ta davlat vakillari O‘zbekiston ochiq chempionatida qatnashmoqda
Shu kunlarda poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Unda mamlakatimiz sportchilari bilan bir qatorda, Qirg‘iziston, Tojikiston, Bahrayn, Qatar va Kuvayt kabi davlatlarning professional atletlari g‘oliblik uchun bahslarda qatnashmoqda.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi stadionida o‘tayotgan xalqaro turnirda sportchilar yengil atletikaning 22 ta yo‘nalishi va 1 ta aralash dasturidagi bellashuvlarda o‘z omadini sinovdan o‘tkazmoqda.

Bugun, 18 sentyabr kuni musobaqa dasturidan o‘rin olgan turli masofalarga yugurish, balandlikka, uzunlikka, uch hatlab va langar cho‘pga tayanib sakrash kabi dasturlarda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA