Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yelkanli sport turi ommalashmoqda
16:43 / 2024-07-16

Oxirgi yillar mamlakatimizda Yelkanli sport turi bilan shug‘ullanuvchilar safi ortmoqda. Buning uchun Toshkent viloyatida ham zarur sharoitlar yaratilgan. Muhimi, bu kabi musobaqalar sportchilarning xalqaro arenalarga ham munosib qatnashishiga yordam beradi.

Joriy yilning 12-16 iyul kunlari Toshkent viloyati Tuyabo‘g‘iz suv ombori sport bazasida Yelkanli sport turi bo‘yicha Respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Vindserfing” dasturida Respublika hududlaridan kelgan 50 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Qatnashchilar belgilangan masofalar bo‘yicha o‘z mahoratini ko‘rsatdi.  

Musobaqa natijalariga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarning yosh toifasida 1-o‘rin Daniil Kalashnikov, 2-o‘rin Bogdan Jemchugov va 3-o‘rin Artur Babanovga nasib etdi.  

55 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida 1-o‘rinni Andrey Ahmedov, 2-o‘rinni Yevgeniy Ovcharov va 3-o‘rinni Igor Platonov qo‘lga kiritdi.  

Faxriylar orasida esa, 1-o‘rin Aleksandr Shashkov, 2-o‘rin Valeriy Georgiu, 3-o‘rin Viktor Kanonerovga nasib etdi.  

A.Musayev,O‘zA.