Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI yolg‘on xabarlarga qarshi kurash markazini tashkil qiladi
08:03 / 2025-11-09

Yevrokomissiya Demokratik barqarorlik markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Yangi markaz Yevropa Ittifoqi va ushbu tuzilmaga a’zo bo‘lishga nomzod mamlakatlardan mutaxassislarni xorijiy axborot manipulyatsiyasi va aralashuviga qarshi kurashish uchun birlashtirishga qaratiladi. YeI mas’ullari fikricha, Rossiya va Xitoydan kirib keladigan noxolis axborot xavfi oshgan.

Sentyabr oyida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Parlamenti a’zolari huzurida nutq so‘zlab, Rossiya “nafaqat Ukrainaga qarshi tajovuz, balki Yevropaga qarshi gibrid hujumni ham davom ettirayotgani, demokratik tizimga ishonchni yo‘q qilish uchun yolg‘on va manipulyativ rivoyatlar tarqatayotgani”ni ta’kidladi.

“The Guardian” gazetasi shunday yozgan: Endi RF tarqatayotgan yolg‘on xabarlarga qarshi kurashga alohida e’tibor qaratiladi. Yevropa Ittifoqi hududida ko‘plab manipulyatsiya holatlari qayd etilgan. Jumladan, nufuzli ommaviy axborot vositalariga taqlid qiluvchi soxta veb-saytlar, G‘arbga qarshi material tarqatadigan “Ikki karra” kampaniyasi. Bundan tashqari, Xitoy ham ayni yo‘nalishdagi tahdid sifatida tan olingan bo‘lib, tashviqot uchun xususiy PR-firmalar va soxta yangiliklar veb-saytlaridan foydalanadi.

Markaz YeI mamlakatlari uchun axborot almashinuvi va erta ogohlantirish markazi, shuningdek tashqi axborot tahdididan xabardorlikni oshirish uchun jamoatchilik bilan aloqalar markazi sifatida xizmat qiladi.

S.Rahimov, O‘zA