YeI yangi dastur e’lon qildi
Yevropa Ittifoqi boshqa davlatlar bilan mudofaa bo‘yicha kelishuv tarmog‘ini yaratish niyatini e’lon qilib, barcha manfaatdor tomonlarni tuzilmaga qo‘shilishga chaqirdi.
Xususan, YeI tashqi siyosat xizmati rahbari Jozep Borrel Bryusselda xavfsizlik masalasiga bag‘ishlangan forumda, jumladan, shunday dedi:
– Tahdid kuchayib bormoqda. Mudofaa va xavfsizlik sohasida yangi sherikliklar orttirish orqali hamkorlik tizimini kengaytirishimiz kerak. Hozirgina ikki yangi shartnoma imzoladik – Moldova va Norvegiya bilan. Yana olti hujjat tayyorlanyapti. Barcha manfaatdor tomonlarni sheriklikka taklif qilaman. Biz butun dunyo bo‘ylab mudofaa sohasida hamkorlik tarmog‘ini yaratmoqchimiz.