Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Aksilkorrupsiya forumida ishtirok etgan Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi hamkorlik bo‘limi rahbari Xristos Marazopulos o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
– O‘zbekistondagi davlat va jamoat tashkilotlari bilan korrupsiyaga qarshi qanday kurashishimiz mumkinligi haqida fikr almashdik.
Korrupsiya illatiga nafaqat O‘zbekistonda, balki Yevropada ham duch kelamiz. Asosiy maqsadimiz – bu muammoga qanday kurashish haqida.
Yevropa Ittifoqi BMT Taraqqiyot dasturidagi ishonchli hamkorlarimiz birgalikda fuqarolarning ishonchini mustahkamlash va ularni korrupsiya holatlari haqida xabar berishga rag‘batlantiradigan samarali yechimlarni topish ustida ishlab kelyapmiz.
Yevropa tajribasi shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat siyosiy ustuvor vazifa, balki iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi va insonlar hayotini yaxshilashga yordam beradi.
Shu bois, korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilish O‘zbekiston va uning fuqarolari uchun nihoyatda muhim. Shu yo‘nalishda tayyorlangan qonun loyihasini mukammal ravishda qabul qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.
N.Abduraimova,
A.Alijonov (surat), O‘zA