Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI va XXR rahbarlari muzokara davrasida…
13:20 / 2025-07-24

Bugun Yevropa Ittifoqi rahbarlari va Xitoy yetakchilari Pekinda, bir kunlik sammit doirasida savdodagi nomutanosiblik, iqlim bo‘yicha hamkorlik va boshqa global masalalarni muhokama qilish maqsadida uchrashadi.

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta XXR yetakchisi Si Szinpin hamda Bosh vazir Li Syan ishtirokidagi anjuman Bryussel va Pekin o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 50 yilligiga bag‘ishlangan.

Avval ikki kunga rejalashtirilgan sammit dunyoda sodir bo‘layotgan inqirozlar – Yaqin Sharqdagi vaziyat, shuningdek Rossiya va Ukraina urushi, AQSHning yangi tarif xavfi asnosida qisqartirildi. Yevropa tomonining kun tartibi bo‘yicha asosiy e’tirozi "Xitoyning Rossiyaga ko‘rsatayotgan yordami, kiber hujum, muvozanatsiz savdo, nodir yer metallari ustidan yakka hokimlik va inson huquqi buzilishi" bilan bog‘liq.

Xitoy YeIning AQSHdan keyingi ikkinchi yirik savdo hamkori hisoblanadi. Ayni payt global savdoning qariyb 30 foizi shu ikki tomon orasida amalga oshadi.

Musulmon Ziyo, O‘zA