Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI va AQSH yana “do‘stlashmoqda”
18:54 / 2026-02-05

Yevropa parlamenti Qo‘shma Shtatlar bilan tuzilgan savdo bitimi bo‘yicha ishlarni qayta boshlashga qaror qildi. Avvalroq, “muzlatib” qo‘yilgan jarayon endi yana kun tartibiga qaytdi va deputatlar kelishuvni mart oyidayoq ovozga qo‘yishi mumkin.

Mazkur qaror Donald Tramp Grenlandiya masalasida Yevropa davlatlariga boj tahdidlari qilgach to‘xtatilgan edi. Vaziyat o‘nglangach, parlament savdo bitimini amalga oshirish jarayonini davom ettirishga rozi bo‘ldi.

Kelishuv 2024 yil iyulida Tramp va Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen o‘rtasida imzolangan. Unga ko‘ra, AQSH Yevropa mahsulotlariga bojlarni 15 foiz darajasida belgilaydi, Yevropa Ittifoqi esa Amerika tovarlariga bojlarni nolga tushiradi.

Shunga qaramay, Yevroparlamentda bu masalada yakdillik yo‘q. Sotsialistlar, liberallar va “yashillar” kelishuvga maxsus band kiritishni talab qilmoqda. Unga ko‘ra, agar AQSH yana YeI hududiy yaxlitligiga bosim o‘tkazsa, bitim avtomatik tarzda to‘xtatilishi kerak. Markaz-o‘ng kuchlar esa biznes uchun barqarorlik muhimligini ta’kidlab, kelishuvni tezroq kuchga kiritish tarafdori.

Shu tariqa, tomonlar o‘rtasidagi savdo aloqalari yana jonlanmoqda, biroq siyosiy ishonch masalasi hamon ochiq qolmoqda. 

Musulmon Ziyo, O‘zA