Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI Ukrainaga jami 195 milliard yevro ajratgan
17:56 / 2026-03-09

Yevropa Ittifoqi 2022-yildan buyon Ukrainaga ko‘mak tariqasida hammasi bo‘lib 195 milliard yevro yo‘naltirgan. “Ayni payt batamom tasdiqlanmagan 90 milliard yevrolik kredit bundan mustasno”, deydi YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Bryusselda bo‘lib o‘tgan doimiy vakillar anjumanida.

Avvalroq Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen YeI ushbu yordam har qanday vaziyatda kafolatlanishini aytib, "bu obro‘ masalasi” degan edi. Ma’lumki, Kiyev Drujba quvuri orqali neft o‘tkazishni to‘xtatgach, Vengriya Ukrainaga atalgan 90 milliard yevro mablag‘ning yo‘lini to‘sib taribdi.

S.Rahimov, O‘zA