English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI Ukrainaga 90 mlrd yevro moliyaviy yordamni ma’qulladi (+video)
17:30 / 2025-12-24

Ukraina va Yevropa Ittifoqi uchun hal qiluvchi deb baholangan sammit kutilganidek o‘tmadi, ammo tarixiy qaror bilan yakunlandi. Euronews diplomatik manbalarga tayangan holda YeIning Ukrainaga 90 mlrd yevro ajratish bo‘yicha kelishuvi qanday qilib yopiq eshiklar ortida shakllanganini ochib berdi.

Sammit rasman boshlanishidan oldinoq asosiy muzokaralar norasmiy ravishda kechgan. Dastlab Belgiyada saqlanayotgan muzlatilgan Rossiya aktivlariga tayanadigan tovon pulini Kiyevga berish rejasi muhokama qilingan. Bu g‘oyani Germaniya, Daniya va Yevrokomissiya rahbariyati qo‘llab-quvvatladi. Biroq Belgiya va Italiya bu mexanizm mamlakat moliya tizimi va yevrohudud uchun jiddiy xatar tug‘dirishini ta’kidlab, qarshilik ko‘rsatdi.  

Sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetkazilgan zarar uchun javob berishi kerakligini ta’kidlab, tovon pulini adolatli yechim sifatida baholadi. Agarda moliyaviy yordam kechiksa, Ukrainaning harbiy imkoniyatlari bahorgacha zaiflashishini ochiq aytdi.  

Muhokamalar keskinlashgan paytda Yevrokengash raisi Antoniu Koshta tashabbusni qo‘lga oldi. U masalaning muqobil yechimi sifatida YeI byudjeti kafolati ostida qo‘shma qarz olish orqali Ukraina uchun 90 mlrd yevro ajratishni taklif qildi. Bunday qarorni qabul qilish barcha a’zolarning yakdil roziligini talab qilardi. Shu orada Viktor Orban bu rejani ayrim davlatlar ishtirokisiz amalga oshirish taklifini berdi. Oqibatda Vengriya veto qo‘ymadi va kelishuvga yo‘l ochildi.

Natijada Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 90 mlrd yevro miqdoridagi moliyaviy paketni qo‘shma talablarsiz erishdi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tV3r7TsLHYw" title="YEI Ukrainaga 90 mlrd yevro moliyaviy yordamni ma’qulladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA