YeI tashqi siyosat masalalari bo‘yicha kengashining bugungi yig‘ilishida Donbassdagi ziddiyat muhokama qilinadi
Yevropa ittifoqi tashqi siyosat masalalari bo‘yicha kengashining bugun, 19 aprelda bo‘lib o‘tuvchi onlayn-yig‘ilishida Donbassdagi ziddiyatning keskinlashuvi masalasi muhokama qilinadi.
Bu haqda Ukraina tashqi ishlar mahkamasi rahbari Dmitriy Kulebaning mahkama sayti orqali e’lon qilgan bayonotida ma’lumot berilgan.
Unga ko‘ra, Kuleba o‘zining yevroittifoqlik hamkasblariga xavfsizlik borasidagi dolzarb masalalar va Yevropa ittifoqi tomonidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga doir amaliy takliflar bo‘yicha hisobot beradi.
Shuningdek, yig‘ilishda Rossiyaning Qora dengizdagi harakati, shuningdek, harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida Kerch bo‘g‘oziga yaqin havzaning yopilishi masalasini ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.