Yevropa Ittifoqi Isroil Knessetining 2023 yil uchun o‘zgartirilgan byudjetida aholi manzillari qurilishi va boshqa tegishli tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qaroridan xavotir bildirdi.
“Kazinform” xabariga ko‘ra, Ittifoq Isroilning Sharqiy Quddus va shu yon-atrof bilan bog‘liq aholi punktlari siyosati va harakatiga qarshi chiqdi.
Qo‘shimcha byudjet ma’qullanishi G‘arbiy Sohilda ekstremist ko‘chmanchilar tomonidan falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlik misli ko‘rilmagan darajada kuchaygan bir paytda yuz berdi.
– 7 oktyabr kuni Xamas – Isroil ziddiyati asnosida ko‘chmanchilar zo‘ravonligi avj oldi va taxminan ming nafar falastinlik uyini tark etishga majbur bo‘ldi, – deyiladi Yevropa tashqi harakat xizmati axborotida.
Qayd etilishicha, noqonuniy aholi manzillari kengayishi va falastinliklar majburiy ko‘chirilishi G‘arbiy Sohildagi xavfsizlikka putur yetkazadi. Bu holat Isroilga nisbatan xavfni kamaytirmaydi. Aholi punktlari xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol ravishda buzilishi, “ikki davlat yechimi” yo‘lidagi jiddiy to‘siq va mintaqaviy barqarorlikka tahdiddir.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA