Xitoyning “Heihe Rural Commercial Bank” qishloq tijorat banki YeI tomonidan kiritilgan sanksiya tufayli Rossiyadan to‘lov qabul qilishni to‘xtatdi, deb yozdi “Vedomosti” gazetasi mahalliy ikki bank va to‘rt import qiluvchi kompaniyadagi manbalariga tayanib.
Qayd etilishicha, ushbu bankka nisbatan sanksiya 19 iyul kuni e’lon qilingan.
Yevropa Ittifoqi Kengashi hisobotida Rossiyaga qarshi cheklovga qaramay, moliyaviy tuzilma kriptoaktiv bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatishda davom etgani ta’kidlangan.
Qaror 9 avgustdan kuchga kirib, shu kundan boshlab Yevropa Ittifoqi hududida yashaydigan jismoniy shaxslarga mazkur Chin banki bilan har qanday amaliyot taqiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, “Heihe Rural Commercial Bank”ga to‘lov sanksiya joriy etilgandan keyin ham bir oy davomida odatiy tartibda amalga oshirilgan. O‘tgan haftada muammolar yuzaga chiqqan — bank pul qabul qilishni to‘xtatgan. Yetkazib beruvchi so‘roviga javoban, bank tizim yangilanishiga ishora qilgan va ushbu jarayon tugagach, vaziyat yaxshilanishiga ishonch bildirgan. Amaliyot tiklanishi muddatiga esa aniqlik kiritilmagan.
Boshqa bir kredit tashkiloti menejeri ham “Heihe” Rossiyaning barcha banklari bilan hisob-kitobni to‘xtatganiga e’tibor qaratgan.
S.Rahimov, O‘zA