Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI sammitida Ukraina masalasi muhokama qilinadi
11:54 / 2025-12-10

Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta 18-19 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammiti kun tartibining asosiy masalalaridan biri Ukraina ekanini aytib o‘tdi.

– Sessiya Ukraina va qit’amizdagi xavfsizlik, shuningdek, tuzilmamizning 2028-2034 yillarga mo‘ljallangan ko‘p yillik moliyaviy asoslarga bag‘ishlanadi, - dedi u. – Muhokamalarimiz erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish va muzokaralarning keyingi bosqichi yo‘nalishlarini aniqlash uchun imkoniyat bo‘ladi.

Koshtaning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari tashkilotning kengayish istiqbollari, geoiqtisodiy holat va uning Ittifoq raqobatbardoshligiga ta’siri, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyat, mudofaa va xavfsizlik, migratsiya masalalarini ham muhokama qilishni rejalashtirgan.                                                                               

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi-G‘arbiy Bolqon sammiti 17 dekabr kuni boshlanishi kutilmoqda.                                                     

G.Sattorova, O‘zA