RFning Yevropa Ittifoqi bilan umumiy savdo hajmi taxminan 67,5 milliard yevroni tashkil etadi, bu esa YeIni Rossiyaning uchinchi yirik savdo hamkoriga aylantiradi, deyiladi “BILD” gazetasi e’lon qilgan maqolada.
Masalan, Germaniyaning Rossiya bilan amalga oshirgan savdo hajmi sezilarli darajada kamaydi, ammo baribir 9,5 milliard dollarni tashkil etadi. Rus tovarlari importi nizo boshlanganidan beri 92 foizga kamaydi. Fransiya va Niderlandiyaning RF bilan savdo hajmi esa 6 milliard dollardan sal ko‘proq.
Slovakiya, Chexiya, Ispaniya, Belgiya va Italiyaning ham eksport hajmi 2021 yilga nisbatan (ziddiyatdan oldingi darajalar) sezilarli darajada past.
Vengriyada esa Rossiya tovarlari importi 31 foizga oshdi. Savdo hajmi taxminan 6,2 milliard dollarni tashkil etgan.
Bundan tashqari, nashrning ta’kidlashicha, Isroil urush boshlanganidan beri Rossiya bilan savdoni sezilarli darajada ko‘paytirgan. Savdo asosan, neft importi hisobiga oshgan.
Rossiyadan importning sezilarli darajada o‘sishi Armaniston (+423 foiz), O‘zbekiston (+135 foiz), Turkiya (+53 foiz) va Misr (+70 foiz) kabi mamlakatlarda ham kuzatildi, deyiladi maqolada.
S.Rahimov, O‘zA