YeI Rossiyani yana bir qora ro‘yxatga kiritdi
Bryussel Rossiyani pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirish xavfi yuqori mamlakatlar qora ro‘yxatiga qo‘shdi, deb xabar tarqatdi “Politico” nashri ikki nafar Yevropa Ittifoqi rasmiysi va tegishli hujjatlarga tayanib.
Ayni qadam moliya institutlarini har qanday tranzaksiya bo‘yicha tegishli tekshiruvni kuchaytirishga undaydi. Aniqrog‘i banklarni qo‘shimcha xavfni kamaytirish chorasini ko‘rishga majburlaydi.
Moliyaviy harakat bo‘yicha ishchi guruh (FATF) Rossiyaning a’zoligini 2022 yil to‘xtatgan, ammo Ukraina hukumati tomonidan taqdim etilgan dalillarga qaramay, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kabi BRIKS mamlakatlari qarshiligi tufayli RF qora ro‘yxatga kiritilmagandi.
S.Rahimov, O‘zA