YeI raisligi Kiprga o‘tdi
Kipr rasman Yevropa Ittifoqi raisligini qabul qildi. Nikosiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etdi.
Kipr Prezidenti Nikos Xristodulidis mamlakat raisligi davrida Kiyev eng ustuvor vazifa bo‘lishini ta’kidlarkan, Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi qat’iy qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.
Kiprga tashrifi davomida Zelenskiy orol-davlat rahbarlari bilan mamlakati uchun xalqaro yordam va xavfsizlik kafolatini muhokama qilgani aytilmoqda.
S.Rahimov, O‘zA