YeI rahbari Trampni tanqid qildi
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Bryusselda bo‘lib o‘tgan yig‘inda Donald Trampning Yevropani “inqirozdagi sivilizatsiya” va tuzilmani boshqarayotgan yetakchilarni kuchsiz, degan fikrlarini keskin tanqid qildi.
Oq uy rahbari YeI haqidagi o‘z gaplarini bir necha kun avval “Politico” nashriga bergan intervyusida ta’kidlagandi.
Fon der Lyayenning fikricha, har bir davlatda siyosiy rahbarni tanlash faqat o‘sha xalqning suveren huquqi.
– Saylovlar borasida qarorni faqat xalq qabul qiladi, bu huquqni himoya qilish lozim, -dedi Yevrokomissiya yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH bilan hamkorlik Yevropa uchun muhim, ammo bu Yevropa o‘z kuchiga ishonishdan voz kechishi kerak, degani emas.
D.Hakimov, O‘zA