Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI Qozog‘istondan olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarishda ko‘maklashishga tayyor
12:36 / 2022-07-13

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Qozog‘istonga respublikadan noqonuniy olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarishda yordam berishga tayyor.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Xakala seshanba kuni Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi Oljas Bektenov bilan uchrashuvda ma’lum qildi. 

– Biz Qozog‘istondan Yevropaga olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha so‘rovlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz, – dedi Xakala. 

Bundan tashqari, tomonlar Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar bilan bog‘liq qiynoqlar haqidagi da’vo ishlarini tergov qilishni ham muhokama qilgan. 

– Ayni paytda 171 ta tergov ishi yakunlandi, – deydi Bektenov. 177 ta ish bo‘yicha tergov hali davom etmoqda. Shuningdek, Istanbul protokolining barcha talablariga rioya qilinmoqda.