Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI Qirg‘izistonga banklarni sanksiya ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha taklif berdi
18:32 / 2026-02-28

Bryussel Bishkekka Qirg‘iziston banklarini Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy qilingan sanksiya ro‘yxatidan chiqarish va kelajakdagi moliyaviy xavfni bartaraf etish bo‘yicha “aniq takliflar” yubordi.

Bu haqda YeI sanksiya bo‘yicha maxsus elchisi Devid O’Sallivan Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Doniyor Omongeldiyev bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Qirg‘iz mulozimi yevropalik yetkazib beruvchilar eksport nazorati talabiga “vijdonan rioya qilish” muhimligini ta’kidladi. Uning fikricha, bu jarayonda tashqi savdo zanjiridagi barcha ishtirokchilar, xususan yevropalik eksportchilar javobgarligini taqozo etadi.

Muloqot chog‘i moliya sektoriga alohida e’tibor qaratildi. Qirg‘iziston tomoni tijorat banklarida nazorat mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, jumladan tranzaksiyani har tomonlama ko‘rib chiqish, ayniqsa rioya qilmaslik xavfini keltirib chiqaradiganlarini to‘xtatish zarurligini qayd qildi.

S.Rahimov, O‘zA