Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI Putin va Tramp suhbatidan so‘ng sanksiyani kuchaytirmoqchi
18:14 / 2025-05-20

Germaniya hukumati matbuot kotibi Shtefan Kornelius Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyani kuchaytirishga kelishib olganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, RF yetakchisi bilan suhbatdan so‘ng Amerika rahbari YeI vakillari bilan gaplashgan. Xususan, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni, Germaniya Kansleri Fridrix Mers va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan bog‘langan. Bundan tashqari Tramp Vladimir Zelenskiy bilan ham so‘zlashgan.

– Yevropa vakillari sanksiya orqali Rossiya tomoniga bosim kuchaytirilishini ma’lum qildi, – degan Kornelius.