English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI Polshaga bergan 5 milliard yevro ehtiyojni qoplamasligi mumkin
11:56 / 2024-09-23

Yevropa Ittifoqi Polshaga oxirgi yigirma yil ichida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatini bartaraf etish uchun 5 milliard yevro va’da qildi. Mamlakat moliya vaziri Anjey Domanski ushbu mablag‘ mavjud yo‘qotish o‘rnini qoplashga yetmasligi mumkinligini bildirdi.

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen YeI Markaziy Yevropaga tabiiy ofatlar zararini yopish maqsadida milliardlab yevro ajratilishini ma’lum qildi.

– Raqamlar aniq emas, biroq yo‘qotish jiddiy ekani ma’lum, – dedi Polsha mulozimi. – To‘g‘ri, 5 milliard yevro yaxshi miqdor, ammo yetarli bo‘lmasligi ehtimoli bor.

Polshada yalpi ichki mahsulotga nisbatan davlat kamomadi 2024 yil uchun 5,7, 2025 yilda esa 5,5 foiz miqdorida taxmin qilingan. Shu bois Bryussel mamlakat zimmasiga kelgusi yillarda tanqislikni tuzilmaning 3 foiz chegarasigacha kamaytirish vazifasini yuklagan.

Varshava Rossiya va Ukraina ziddiyati tufayli mudofaa xarajati ko‘tarilishi, shuningdek COVID-19 pandemiyasi asorati va so‘nggi yillarda energiya narxi keskin o‘zgarishi kabi omillarni tanqislik darajasi oshishiga asosiy sabab sifatida ko‘rsatgan.