Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning aytishicha, tuzilma Nigerdagi davlat to‘ntarishini qat’iy qoralaydi, G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati – EKOVAS mamlakatdagi vaziyat bo‘yicha o‘tkazgan sammit xulosalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
– YeI Nigerdagi davlat to‘ntarishini keskin qoralashini yana bir bor takrorlaydi, bu mamlakat aholisi farovonligi va xavfsizligi, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik uchun faqat salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, – dedi Borrel.
Yevropa diplomatiyasi rahbari YeIning hokimiyatdan chetlatilgan Prezidenti Muhammad Bazumni qo‘llab-quvvatlaganini eslaydi va EKOVAS davlatlari rahbarlari tomonidan joriy yil 10 avgustda Nigerdagi vaziyat bo‘yicha ikkinchi navbatdan tashqari sammitda qabul qilingan qarorlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
“Interfaks” axborot berishicha, YeI EKOVASga yangi individual sanksiyalar rejimini o‘rnatish orqali yordam berishga tayyor.
Shuningdek, Jozep Borrel Prezident Bazum va uning oilasi noqonuniy hibsga olinganini qoralab, ularni darhol ozod qilishga chaqirdi.
Niger poytaxti Abujada o‘tgan sammitning yakuniy bayonotida doimiy ravishda tinch usullardan foydalangan holda konstitutsiyaviy tuzumni tiklashga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, EKOVAS raisi Bola Tinubu ushbu mintaqaviy Afrika tashkiloti a’zolari Nigerdagi inqirozni hal qilishning har qanday yo‘lini, jumladan, oxirgi chora sifatida kuch ishlatish g‘oyasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uchrashuv ishtirokchilari mamlakat hududida operatsiya o‘tkazish zarurati tug‘ilgan taqdirda harbiy kontingentni shakllantirish va tayyor turishga kelishib olgan.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA