Yevropa Ittifoqi keyingi ikki yil ichida Ukrainani moliyalashtirish uchun muzlatilgan Rossiya aktividan foydalanish rejasi tafsilotini e’lon qildi.
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen tuzilma 2026-2027 yillarda Ukraina moliyaviy va harbiy ehtiyojining uchdan ikki qismini qoplash niyatini ma’lum qildi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi Kiyevga zarur summani 160 milliard dollarga baholagan. Shundan 105 milliard dollarini YeI ajratadi.
YeK RF mablag‘ini musodara qilishga muqobil taklifni ham ilgari surdi: Pul Rossiyadan musodara qilinmaydi. Ya’ni, Moskva urush natijasida yetkazilgan ulkan vayronagarchilik uchun badal to‘lasa, Kiyev qarzini qaytaradi. Agar kelishuv rad etilsa, aktiv muzlatilgan holatda qoladi. Binobarin, musodara jarayoni mutlaq murosaga kelishni talab etmaydi, balki “ko‘pchilik” tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Bundan tashqari YeI 2027 yil oxiriga qadar Rossiya gazi importini to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Endi Bryussel ham asta-sekin Rossiya neftidan voz kechadi. Suyultirilgan tabiiy gaz oqimi kelasi yil oxiriga qadar, quvur orqali borayotgan gaz esa 2027 yil sentyabr oyigacha to‘xtatiladi.
S.Rahimov, O‘zA