Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI harbiylari Olimpiada xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi
20:53 / 2024-06-21

Yevropa Ittifoqiga kiruvchi ko‘plab mamlakatlar politsiyachilari va harbiylari eng yirik sport anjumani davomida xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashish uchun Parijga keladi, deb yozdi “Journal du Dimanche” nashri.

Fransiya hukumati yanvar oyida Olimpiya o‘yinlari xavfsizligini ta’minlashga jalb qilinayotgan 18 ming harbiy, 45 ming politsiyachi va jandarmni qo‘llab-quvvatlash uchun 46 mamlakatga qo‘shimcha kuch so‘rab murojaat qilgan edi.

Hozirgacha Polsha va Belgiya harbiylar jo‘natilishini rasman ma’lum qildi. Shuningdek, Angliya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, AQSH, Litva va Niderlandiya ham bu borada yordam berish istagini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, xorijlik harbiylar xizmat iti yordamida portlovchi moddalarni topish va shu kabi o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. Fransiyada juda ko‘p ishqiboz sig‘dira oladigan kamida yigirmata majmua mavjud. Mahalliy politsiya bu maskanlarni qo‘riqlashni mustaqil uddalay olmasligi mumkin.

Darvoqe, Parij drondan himoyalanish bo‘yicha ham yordam so‘ragan. Bu jarayonga Angliya, Germaniya va Ispaniya harbiylari jalb qilinadi.
26 iyuldan 28 avgustgacha Parijda yozgi Olimpiada bo‘lib o‘tadi, so‘ngra Paralimpiya o‘yinlari boshlanadi.