Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YeI global po‘lat importiga 50 foiz boj kiritmoqchi
23:47 / 2025-10-08

Yevrokomissiya jahon po‘lat importiga 50 foizlik boj joriy etish niyatida, deb yozdi “Financial Times” tahririyat ixtiyoriga kelib tushgan hujjatga asoslanib.

– Yevropa komissiyasi 2013 yil belgilangan kvotadan yuqori global po‘lat importiga 50 foiz tarif joriy etishni taklif qilmoqchi, – deyilgan maqolada. – Bu chora Britaniya po‘lat sanoatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin, chunki mamlakat po‘lat eksportining 80 foizi Yevropada qoladi.

Qirollik po‘lat sanoati savdo uyushmasi – “UK Steel” rahbari Garet Steys mamlakatda sohani “jiddiy inqirozga” uchratishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shu sababli u hukumatni Yevropa Ittifoqi bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun bor imkoniyatni ishga solishga chaqirdi.

– Aks holda Britaniya po‘lat sanoati halokatga duchor bo‘ladi, – dedi u.

27 iyul kuni YeK prezidenti Ursula fon der Lyayen va AQSH rahbari Donald Tramp o‘rtasida kelishilgan savdo bitimiga ko‘ra, YeIning AQSHga, deyarli, barcha eksporti endi 15 foizlik bojga tortiladi. Bundan tashqari YeI AQSHdan Suyultirilgan tabiiy gaz, yadroviy yonilg‘i va qurol sotib olish majburiyatini oldi.

Binobarin, bu kelishuv AQSH po‘lat va alyuminiyga joriy qilgan 50 foizlik bojni bekor qilmaydi.

– Belgilangan tarif faqat keyingi muzokaralar chog‘ida pasaytirilishi mumkin, – deb yozdi “New York Times” nashri avvalroq AQSH hukumati yuqori lavozimli amaldoriga tayanib.

S.Rahimov, O‘zA